Телеграм каналимиз

1 avgustdan qanday qonunlar kuchga kiradi

2021 yil 1 avgustdan yurtimizda qanday qonunar kuchga kirishi bilan yaqindan tanishamiz.

Tashqi savdo soddalashtiriladi

Bojxona rejimining talabiga binoan chet ellik mijoz bo‘lmasa ham, qayta ishlash operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Endi mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga xorijdan mahsulot sotib olib, import qilinmasdan to‘g‘ridan -to‘g‘ri uchinchi tomonga sotishi mumkin.

Xususiy maktablar uchun yangi imtiyozlar beriladi

2021 yil 1 avgustdan 2024 yil 1 yanvarga qadar xususiy maktablarning bino ijarasi xarajatlari 50% gacha (Toshkent va Samarqanddan viloyatlaridan bundan istisno) byudjet mablag‘i hisobidan qoplanadi.

Xususiy haydovchilik markazlari raqamlashtiriladi

O‘quv guruhlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar, shuningdek haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon topshirish hujjatlarini rasmiylashtirish faqat YaDIXP orqali taqdim etiladi.

Karantin cheklovlari kuchayadi

To‘y, dafn marosimi va boshqa oilaviy tadbirlarda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda va bu tadbirlar ishtirokchilari soni 50 kishi bilan cheklangan.

Yer huquqlari sotiladigan aktivga aylanadi

Yer uchastkalarini umrbod meros qilib olish, doimiy egalik qilish va vaqtincha foydalanish huquqi asosida berish tartibi bekor qilinadi. Ilgari ajratilgan yer uchastkalari o‘z egalarida qoladi.

Qurilish uchastkalari inspektorlarining maoshi oshiriladi

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning texnik nazorati sohasiga mas’ul mutaxassislar ish haqining amaldagi tarif koeffitsientiga toifasiga qarab 0,2 dan 1 gacha bo‘lgan foiz qo‘shiladi.

Tenderlarda shaffoflik ta’minlanadi

Endilikda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalari jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Xususiy sud ekspertizasi uchun binolar

Davlat sud-tibbiyot muassasalarining foydalanilmayotgan binolari xususiy sheriklarga ijaraga beriladi.

Qabul-2021 yangiliklari

Mehnat migrantlari xarajatlarining bir qismi qoplanadi

Телеграм каналимиз