Prezidentning «Xorijga tashkillashtiriladigan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq ularga huquqiy, ijtimoiy yordam ko‘rsatilib, moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda atigi 256 nafar fuqaro «World skills» va Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining sertifikatlarini olgan. Ko‘plab migrantlar kasb-hunar markazlarida o‘qib, sertifikat olish uchun mablag‘ga ega emas. Shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida 2021 yil 1 sentyabrdan 2022 yil 1 sentyabrga qadar «Labour migration» dasturiy majmuasining ro‘yxatidagi kasb-hunar va xorijiy tillar bo‘yicha tayyorlash malaka imtixonlaridan o‘tgan bitiruvchilar xarajatlari kompesasiya qilinadi.
Xususan, migrantlarning:
- xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish (BHM 3 barobarigacha);
- yo‘l transport chiptasi (BHM 2 barobarigacha);
- ishchi vizalarini rasmiylashtirish (BHM 5 barobarigacha) xarajatlarining bir qismi davlat hisobidan qoplab beriladi.
2021 yilda malaka imtixonlari xarajatlarini qoplash uchun 20 ming nafar mehnat migrantiga 14, 6 mlrd. so‘m kompensasiya to‘lanadi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra:
- xorijiy til yoki kasbga o‘qigan fuqarolarga transport chiptasi uchun 490 ming so‘m kopmensasiya;
- xorijiy til yoki kasbga o‘qigan fuqarolarga transport chiptasi uchun 490 ming so‘m kopmensasiya;
- 2021 yilda transport chiptasini xarid qilish uchun 69 ming nafar mehnat migrantiga 33,6 mlrd so‘m miqdorida kompensasiya to‘lanadi.
Xorijga ketayotgan migrantlarning atigi 9% rivojlangan davlatlarga ishlashga ketadi. Bunga sabab ushbu davlatlarga ishchi viza olish qimmat. Shu sababdan rivojlangan davlatlarga ishga ketayotgan «Ishchi viza»ni rasmiylashtirish uchun 1 mln. 200 ming so‘m miqdorila kompensasiya to‘lanadi.
Bundan tashqari, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan 52 mlrd. so‘m ajratiladi.
Rossiyada ishlashni istaganlar uchun 1000 ortiq bo‘sh o‘rinlar