“Coca-Cola”dan 50 mln so’mlik Yangi yil aksiyasi

Coca-Cola Uzbekiston kompaniyasi 2021-yil dekabrdan 2022-yil 15 yanvargacha oʻtkaziladigan «O‘zbekistonda Yangi yil Promo-aksiyasi 2021» promoaksiyasini e’lon qildi.

coca cola promo

Aksiyada qatnashish uchun sariq qopqoqli 1 yoki 1.5 litrli «Coca-Cola» Classic, «Coca-Cola» shakarsiz yoki «Fanta» ichimliklaridan biribi xarid qilish zarur boʻladi. Soʻng qopqoq ostidagi maxsus kodni promo.coca-cola.uz saytida ro’yhatdan o’tqazishingiz yoki sms orqali 5580 raqamiga (xizmat haqqi 100 so’m) jo’natishingiz mumkin. Ishtirokchilarda aksiyaning «KORZINKA» savdo tarmogʻida 50 mln so’mlik 100 ta sertifikatdan birini yutib olishi mumkin.

Har bir aksiya qatnashovchisi bir kunda 6 tagacha kodni ro’yhatdan o’tqazishi mumkin. G’olib sertifikatlarni 28.02.2023 yilgacha sarflashi mumkin. Sertifikat mablag’larini ishlatishda oylik limit 10 mln so’m.

Sovg’alar har seshanba kuni soat 15:00 Coca-Cola promo sayti va ijtimoiy tarmoqlarida aniqlanadi.

Coca-Cola aksiyasi 2022 yil 15-yanvarga qadar davom etadi

Eslatib o’tamiz: ushbu aksiyada 18 yoshga to’lgan O’zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. 18 yoshga to’lmagan ishtirokchilar sovg’alarni olishlari uchun ota-ona yoki vasiy ruhsati zarur bo’ladi.

Doʻstlaringiz bilan boʻlishing

Mehnat migrantlari xarajatlarining bir qismi qoplanadi

Prezidentning «Xorijga tashkillashtiriladigan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq ularga huquqiy, ijtimoiy yordam ko‘rsatilib, moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda atigi 256 nafar fuqaro «World skills» va Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining sertifikatlarini olgan. Ko‘plab migrantlar kasb-hunar markazlarida o‘qib, sertifikat olish uchun mablag‘ga ega emas. Shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida 2021 yil 1 sentyabrdan 2022 yil 1 sentyabrga qadar «Labour migration» dasturiy majmuasining ro‘yxatidagi kasb-hunar va xorijiy tillar bo‘yicha tayyorlash malaka imtixonlaridan o‘tgan bitiruvchilar xarajatlari kompesasiya qilinadi.

Xususan, migrantlarning:

  • xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish (BHM 3 barobarigacha);
  • yo‘l transport chiptasi (BHM 2 barobarigacha);
  • ishchi vizalarini rasmiylashtirish (BHM 5 barobarigacha) xarajatlarining bir qismi davlat hisobidan qoplab beriladi.

2021 yilda malaka imtixonlari xarajatlarini qoplash uchun 20 ming nafar mehnat migrantiga 14, 6 mlrd. so‘m kompensasiya to‘lanadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra:

  • xorijiy til yoki kasbga o‘qigan fuqarolarga transport chiptasi uchun 490 ming so‘m kopmensasiya;
  • xorijiy til yoki kasbga o‘qigan fuqarolarga transport chiptasi uchun 490 ming so‘m kopmensasiya;
  • 2021 yilda transport chiptasini xarid qilish uchun 69 ming nafar mehnat migrantiga 33,6 mlrd so‘m miqdorida kompensasiya to‘lanadi.

Xorijga ketayotgan migrantlarning atigi 9% rivojlangan davlatlarga ishlashga ketadi. Bunga sabab ushbu davlatlarga ishchi viza olish qimmat. Shu sababdan rivojlangan davlatlarga ishga ketayotgan «Ishchi viza»ni rasmiylashtirish uchun 1 mln. 200 ming so‘m miqdorila kompensasiya to‘lanadi.

Bundan tashqari, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan 52 mlrd. so‘m ajratiladi.

Rossiyada ishlashni istaganlar uchun 1000 ortiq bo‘sh o‘rinlar

Endi Rossiyada uzoq vaqt faoliyat yuritish uchun migrantlar yagona elektron hujjatga ega bo‘lishlari kerak

1 avgustdan qanday qonunlar kuchga kiradi

2021 yil 1 avgustdan yurtimizda qanday qonunar kuchga kirishi bilan yaqindan tanishamiz.

Tashqi savdo soddalashtiriladi

Bojxona rejimining talabiga binoan chet ellik mijoz bo‘lmasa ham, qayta ishlash operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Endi mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga xorijdan mahsulot sotib olib, import qilinmasdan to‘g‘ridan -to‘g‘ri uchinchi tomonga sotishi mumkin.

Xususiy maktablar uchun yangi imtiyozlar beriladi

2021 yil 1 avgustdan 2024 yil 1 yanvarga qadar xususiy maktablarning bino ijarasi xarajatlari 50% gacha (Toshkent va Samarqanddan viloyatlaridan bundan istisno) byudjet mablag‘i hisobidan qoplanadi.

Xususiy haydovchilik markazlari raqamlashtiriladi

O‘quv guruhlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar, shuningdek haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon topshirish hujjatlarini rasmiylashtirish faqat YaDIXP orqali taqdim etiladi.

Karantin cheklovlari kuchayadi

To‘y, dafn marosimi va boshqa oilaviy tadbirlarda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda va bu tadbirlar ishtirokchilari soni 50 kishi bilan cheklangan.

Yer huquqlari sotiladigan aktivga aylanadi

Yer uchastkalarini umrbod meros qilib olish, doimiy egalik qilish va vaqtincha foydalanish huquqi asosida berish tartibi bekor qilinadi. Ilgari ajratilgan yer uchastkalari o‘z egalarida qoladi.

Qurilish uchastkalari inspektorlarining maoshi oshiriladi

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning texnik nazorati sohasiga mas’ul mutaxassislar ish haqining amaldagi tarif koeffitsientiga toifasiga qarab 0,2 dan 1 gacha bo‘lgan foiz qo‘shiladi.

Tenderlarda shaffoflik ta’minlanadi

Endilikda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalari jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Xususiy sud ekspertizasi uchun binolar

Davlat sud-tibbiyot muassasalarining foydalanilmayotgan binolari xususiy sheriklarga ijaraga beriladi.

Qabul-2021 yangiliklari

Mehnat migrantlari xarajatlarining bir qismi qoplanadi

«OrientFinanceBank» avtokredit taqdim etadi

«OrientFinanceBank» O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar (birlamchi bozor) uchun avtokredit ajratmoqda.

Shartlar quyidagicha:

  • Muddati: 48 oy
  • Foizi:
    • 30% boshlang‘ich to‘lov – yillik 24%
    • 50% boshlang‘ich to‘lov – yillik 22%
  • Mikdori: 450 mln. so‘mgacha.


Kerakli hujjatlar: ariza, pasport, daromadlar haqida ma’lumotnoma, harid qilinayotgan avtomobil’ uchun shartnoma.

Kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi garovga olingunga qadar kredit ta’minoti sifatida kredit summasining eng kamida 125% va undan yuqori qiymatga ega bo‘lgan likvid mulk yoki 110% barobarida pul mablag‘lari depozitga qabul qilinadi.

To‘liq ma’lumotni bankning rasmiy sayti yoki +998 (71) 200-88099 raqami orqali olishingiz mumkin.

Tengebankdan foydalanilgan avtomobillar uchun avtokredit

Avtomobil tarixi bilan YaIDXP da tanishingiz mumkin

Mehnat yarmarkasiga shoshiling

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 5 avgust kuni onlayn tartibda o‘tkaziladigan mehnat yarmarkasiga taklif etadi.

Yarmarkada Rossiya Federatsiyasidagi:

  • Qurilish sohasining payvandlash, montaj, pardozlash, g‘isht terish, beton quyish ishlariga
  • Ishlab chiqarish sohasining baliqni qayta ishlash, qandolat mahsulotlar va tikuvchilik ishlariga;
  • Xizmat ko‘rsatish sohasining haydovchilik, kur’erlik, yuk tashish ishlariga;
  • Qishloq xo‘jaligi sohasining issiqxona, sabzavotlar yetishtirish, qo‘ziqorin terish va boshqa 2000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari uchun talabgorlar ko‘rib chiqiladi.

Aviachipta va hujjatlarni (patent) rasmiylashtirish xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi mumkin.

Yarmarka o‘tkaziladigan hududlar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, «Ishga marhamat» monomarkazi binosi, Utepova ko‘chasi r/u. Mo‘ljal: «Istiqlol bog‘i» (Kvadrat park). Murojaat uchun: (61) 222-53-32, (61) 222-53-34.

Andijon shahri, Amir Temir shoh ko‘chasi, 39-uy. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Andijon filiali binosi. Murojaat uchun: (95) 202-33-55.

Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasi 103-uy. Mo‘ljal: Buxoro Neft’ va gaz sanoati kolleji binosi.
Murojaat uchun: (99) 708-49-98, (99) 197-75-11.

Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi
44-uy, «Ishga marhamat» monomarkazi binosi.
(Mo‘ljal: Jizzax «O‘rda bog‘i» yonida, Bouling ro‘parasida).
Murojaat uchun: (72) 223-81-59.

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xonobod ko‘chasi,
46-uy (viloyat BKM). Murojaat uchun: (75) 224-05-25, (97) 293-27-52, (97) 770-04-92.

Navoiy viloyati, Karmana tumani, Talqoq mahallasi. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi binosi. Murojaat uchun: (79) 224-11-60.

Namangan shahri, Nodira ko‘chasi 3-uy (Sardoba bozor, Zangori ekran yonida BKM binosida). Murojaat uchun: (69) 227-94-64, (69) 227-97-27.

Samarqand shahar, Narpay ko‘chasi, 7V-uy (mo‘ljal: Kimyogarlar qo‘rg‘oni). «Ishga marhamat» monomarkazi binosi. Murojaat uchun: (66) 233-24-00, (66) 233-53-00.

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, I.Karimov ko‘chasi 35-uy (Guliston BKM). Murojaat uchun: (67) 225-55-59.

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Marjon ko‘chasi,
2-uy (Eski shahar ABKM binosi). Murojaat uchun: (76) 222-45-22.

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Qumariq shoh ko‘chasi 1-uy. Murojaat uchun: (55) 900-33-10.

Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 4-uy (10-maktab, viloyat mehnat boshqarmasi binosida). Murojaat uchun: (73) 244-40-01.

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Baynalminalchi ko‘chasi, 6-uy. Viloyat «Ishga marhamat» monomarkazi binosi. Murojaat uchun: (62) 229-19-96, (62) 224-12-35.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi 37-uy. Murojaat uchun: (71) 236-30-40.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 202-33-55 (ichki raqam 77, 88) yoki 1282 qisqa raqami.

Rossiyada ishlashni istaganlar uchun 1000 ortiq bo‘sh o‘rinlar

Endi Rossiyada uzoq vaqt faoliyat yuritish uchun migrantlar yagona elektron hujjatga ega bo‘lishlari kerak

Mandat sanasi / DTM javoblari

2021-2022-yil mandat javoblari qachon e’lon qilinadi?
OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 2021 yil 3 sentyabr’ kuni quyidagi grafik bo‘yicha e’lon qilinadi:

soat 15:00 da – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari
soat 16:00 da – Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari
soat 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri
2021-2022-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini quyidagi usullarda bilib olish mumkin:

my.dtm.uz sayti orqali
bunda sizga pasportingiz seriyasi va raqami, shaxsiy identifikasiya raqamingiz kerak bo‘ladi.
mandat.dtm.uz sayti orqali:
bunda siz “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abiturient aydisini kiritasiz
DTMning telegram botlari orqali
@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot
5100 raqamiga SMS jo‘natish orqali (xizmat haqqi undiriladi)
OTMlarning qabul bo‘limlarida

Ta’lim yangiliklari

Green Card uchun fotosuratga qo‘yiladigan talablar

Oldinroq 7 oktyabrdan Green card dasturi boshlangani to‘g‘risida ma’lumot bergandik. Arizada joylashtirayotgan fotosuratingiz green card dasturi tomonidan qo‘yilgan talablarga mos kelishi shart. Lotereyaga dunyo bo‘ylab minglab anketalar kelib tushganligi sababli, ular kompyuter dasturi tomonidan tekshiriladi. Shuning uchun kichkina bir xatolik ham sizning arizangiz rad etilishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid: xorijiy safar uchun pasport olish tartibi qanday?

Endi green card suratlari talablari bilan yaqindan tanishsak:

  • foto elektron yoki rangli skaner ko‘rinishida;
  • surat hajmi 240 Kb (kilobayt), formati JPEG (JPG) shaklida;
  • boshning yuqori qismidan soqol osti yoki jag‘ qismigacha bo‘lgan masofa umumiy suratning 50% dan 69% gacha;
  • ko‘zlarlardan tasvirning pastki qismigacha bo‘lgan balandlik fotosuratning 56% dan 69% gacha bo‘lishi zarur.
  • 600 piksel kenglik x 600 piksel balandlikdagi kvadrat shaklidagi surat bo‘lishi kerak;
  • fotosurat foni yaxshi yoritilgan, oq yoki och sarg‘ish rangda bo‘lishi kerak;
  • rasm oddiy yuz ifodasini va kameraga qaratilgan ko‘zlarni ifoda etishi lozim;
  • fotosuratga oddiy kiyimda tushish maslahat beriladi. Shuningdek, diniy kiyimdagi rasmlar qabul qilinadi;
  • ko‘zoynak, taqinchok va bosh kiyimlar man etiladi;

Haydovchilik guvohnomasidan yoki boshqa rasmiy hujjatlardan skaner qilingan fotosuratlar qabul qilinmaydi.

Green Card DV-2022 natijalarini qanday tekshirish mumkin?

Green card natijalari 2021 yil 8 mayda Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da e’lon qilinadi. G‘alaba yoki mag‘lubiyat haqida ma’lumotlarni olti oy davomida bilib olish mumkin. Ammo, g‘alabadan so‘ng darhol DS-260 shakli to‘ldirib, keyingi bosqichlar boshlanmasa, viza olish ehtimoli pasayib ketadi. Bunga sabab 100 ming g‘olibdan faqatgina 50 ming kishi viza olish imkoniga ega bo‘ladi.

Green card natijalarini faqatgina rasmiy sayt orqali bilib olish mumkin

Davrbankdan jismoniy shaxslar uchun avtokredit taklifi

Yuridik shaxslarga xorijda yoki O’zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobilni sotib olish uchun avtokredit:

• Foiz stavkasi: 22,99%
• Kredit muddati: 3 yil
• Imtiyozli muddat: 3 oygacha

Aloqa uchun: +998 71 207 40 40, +998 71 207 09 09
Manzil: 100057, Toshkent sh., Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor ko’chasi, 17B uy.
Ish vaqti: 08:30 – 17:30
Elektron pochta: info@davrbank.uz